1. Sayt nima qiladi
SlideStudy mavzu bo'yicha taqdimot, referat, mustaqil ish, kurs ishi, maqola va test qoralamasini tayyorlaydi. Matn ochiq manbalardan (Vikipediya va boshqalar) yoki siz kiritgan matndan tuziladi. Tayyor ish qoralama hisoblanadi: uni o'qib chiqish, tekshirish va tahrirlash sizning vazifangiz.
2. Qanday ma'lumot saqlanadi
- Login — siz tanlagan nom.
- Parol — asl parolingiz hech qayerda saqlanmaydi, faqat uning qaytarib bo'lmaydigan shifrlangan izi (xesh) saqlanadi. Tiklash kaliti ham xuddi shunday saqlanadi.
- Ishlaringiz — yaratgan ishlaringiz, ulardagi tahrirlar va yuklagan rasmlaringiz.
- Titul ma'lumotlari (ism, guruh, o'quv yurti va hokazo) — faqat o'zingiz kiritsangiz va faqat ishingizning titul varag'i uchun. Ular brauzeringizda ham eslab qolinadi.
- Statistika — ish qachon yaratilgani, uning turi va mavzusi. Saytning qanday ishlatilayotganini tushunish uchun.
- Texnik ma'lumot — IP manzil parolni taxmin qilish urinishlarini cheklash uchun vaqtincha ishlatiladi va server jurnallarida qolishi mumkin.
Bitta sessiya cookie'si hisobingizda qolishingiz uchun ishlatiladi. Sozlamalaringiz (dizayn, til va boshqalar) faqat brauzeringizda saqlanadi.
Ma'lumotlar har kuni zaxira nusxaga olinadi. Nusxalar 60 kungacha saqlanadi, keyin avtomatik o'chiriladi.
3. Nima saqlanmaydi
Sayt email, telefon raqami, pasport yoki boshqa shaxsiy ma'lumot so'ramaydi. Reklama va kuzatuv dasturlari ishlatilmaydi. Ma'lumotlaringiz hech kimga sotilmaydi va berilmaydi.
4. Ishlaringizni kim ko'radi
- Ishlaringizni faqat siz ko'rasiz.
- «Ulashish» havolasini yaratsangiz, havolaga ega va saytga kirgan foydalanuvchilar ishni ko'ra oladi va o'ziga nusxa olishi mumkin. Ulashishni istalgan payt to'xtatishingiz mumkin.
- Sayt egasi texnik xizmat ko'rsatish va statistika uchun ma'lumotlar bazasiga kira oladi. Boshqaruv panelida loginlar, ishlar soni va so'ralgan mavzular ko'rinadi. Ishlaringiz boshqa maqsadda ishlatilmaydi.
5. Tashqi xizmatlar
Ish tayyorlashda mavzu nomi Vikipediya, Wikidata, Wikimedia Commons, Open Library va Crossref ochiq bazalariga yuboriladi. Ularga sizning loginingiz yoki boshqa ma'lumotingiz yuborilmaydi. Sahifa shrifti Google Fonts'dan yuklanadi.
6. Hisobni o'chirish
Hisob menyusidagi «Hisobni o'chirish» tugmasi orqali hisobingizni, barcha ishlaringizni va yuklagan rasmlaringizni butunlay o'chirasiz. O'chirilgan ma'lumotlar zaxira nusxalarda ko'pi bilan 60 kun qoladi, keyin u yerdan ham yo'qoladi. Bitta ishni «Ishlarim» sahifasida o'chirish mumkin.
7. Foydalanish qoidalari
Saytdan foydalanib, quyidagilarga rozilik bildirasiz:
- boshqa odamning hisobiga kirishga urinmaslik va o'z parolingizni boshqalarga bermaslik;
- saytni buzishga, uning himoyasini aylanib o'tishga yoki avtomatik so'rovlar bilan ortiqcha yuklashga urinmaslik;
- qonunga zid, haqoratli yoki boshqalarning huquqini buzadigan matn va rasmlarni yuklamaslik.
Qoidalar buzilsa, hisob ogohlantirishsiz bloklanishi mumkin.
8. Akademik halollik va mualliflik huquqi
Vikipediyadan olingan matn antiplagiat dasturlarida ko'chirma deb topilishi mumkin. Studiyadagi «🔍 Originallik» tugmasi Vikipediya bilan so'zma-so'z bir xil qolgan joylarni ko'rsatadi: ularni o'z so'zlaringiz bilan qayta yozing. Ishni topshirishdan oldin o'qituvchingiz talablarini tekshiring.
Vikipediya matnlari CC BY-SA 4.0 litsenziyasi asosida ishlatiladi. Shuning uchun har bir ishda manbalar va litsenziya ko'rsatiladi, bu qatorlarni o'chirmang. Wikimedia Commons rasmlarining muallifi va litsenziyasi rasm ostida yoziladi.
9. Javobgarlik
Sayt «boricha» taqdim etiladi. Ochiq manbalardagi ma'lumotlarda xato bo'lishi mumkin, sayt esa texnik sabablarga ko'ra vaqtincha ishlamay qolishi mumkin. Tayyor ishning to'g'riligi va uning qanday ishlatilishi uchun foydalanuvchi javob beradi. Muhim ishlaringizni faylga yuklab olib saqlang.
Bu shartlar o'zgarsa, sahifa yuqorisidagi sana yangilanadi.
10. Aloqa
Savollar va hisob bo'yicha so'rovlar uchun: Telegram: @Ergashov_Yorqin yoki ergashovyorqin1@gmail.com.